Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elnur va Shahram raqiblaridan ustun kelishdi
Foto: Kun.uz
“O‘zbekiston” universal sport majmuasida boks bo‘yicha 29-Osiyo chempionati davom etmoqda. Bugun jami 35ta jang o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik. Shulardan 4tasida O‘zbekiston bokschilari ringga ko‘tarilishi ma'dlum qilingandi. Ayni vaqtga kelib, 60 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov filippinlik Palikte Jyeymsga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lub etdi.
Shundan so‘ng, 69 kg vazn toifasidagi bokschilarning chiqishiga navbat berildi. Bunda o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov iordaniyalik Eshash Ziyod bilan kuch sinashdi va uni mag‘lub etib keyingi bosqich yo‘llanmasini hal etdi.
Birozdan so‘ng, 81 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev va eronlik Ziyodiy Amin o‘zaro kuch sinashadi.
Kechki janglarni 52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jasurbek Latipov va qozog‘istonlik Usenaliyev Ozod boshlab berishadi.
Mavzuga oid
00:24
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026
Isroil Madrimov g‘alaba bilan qaytdi
20:13 / 29.12.2025