O‘zbekiston | 19:51 / 03.05.2017
19088
1 daqiqa o‘qiladi

Migratsiya agentligida Rossiyadagi zavodga ishchilarni tanlab olish boshlandi

2017 yilning 3 may kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlik binosida Vologda podshipnik zavodida ishlash niyatida bo‘lganlarni tanlab olish boshlandi.

«VPZ» 1967 yilda Vologda shahrida tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi texnikasi, metallurgiya, neft-kimyo va tog‘-kon sanoati, elektrotexnika, yoqilg‘i-energetika va harbiy-sanoat majmuasi uchun podshipniklar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda zavodda O‘zbekiston Respublikasidan bo‘lgan 139 nafar fuqaro ishlaydi. Ayni damda ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu sababdan qo‘shimcha ishchilarni yollash ehtiyoji paydo bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid