Sport | 11:31 / 03.05.2017
5834
1 daqiqa o‘qiladi

Murodjon Ahmadaliyev yarim finalda koreyalik bokschi bilan kuch sinashadi

Foto: kun.uz

Toshkentda 29-Osiyo chempionati ertalabki chorak final bahslari bo‘lib o‘tmoqda. 56kg vazn toifasining yana bir yarim finalchisi aniq bo‘ldi. 

Janubiy koreyalik Han Yonghun va indoneziyalik Makarave Simon o‘rtasida kechgan janglarda, hakamlar qaroriga ko‘ra, Han g‘alaba qozondi. 

Shunday qilib ushbu vazn toifasidagi yarim finalda o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev janubiy koreyalik Han Yonghung bilan kuch sinashadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid