Sport | 16:40 / 03.05.2017
5719
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan «Real»ning kuchi nimada ekanini aytdi

Foto: Twitter/@realmadrid

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan o‘z jamoasining kuchi nimada ekani haqida fikrlarini bildirib o‘tdi. Fransiyalik mutaxassis bu haqda YeChL yarim finalining ilk uchrashuvi doirasida «Atletiko»ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng aytib o‘tgan. Bahsda «qaymoqranglilar» o‘z maydonida 3:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Real»ning kuchi – uning o‘yin falsafasida. Biz haqiqatdan ham o‘ynashga harakat qilayapmiz, sababi juda kuchli futbolchilarga egamiz. Sabr qilib o‘ynab, biz istalgan raqibga bosh og‘riq tug‘dirishimiz mumkin. Birinchi yarim soatda jamoamiz ajoyib futbol ko‘rsatdi, bunda ritm, golga tortadigan vaziyatlar va futbolchilarimiz texnikasini hisobga olishga kerak. Ikkinchi bo‘limda juda samarali harakat qildik va ko‘p golli vaziyatlarni yuzaga keltirmay turib ikkita gol urdik», - deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bellashuvi 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid