Jahon | 01:36 / 04.05.2017
5596
2 daqiqa o‘qiladi

Erondagi shaxtada yuz bergan portlash oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Foto: EPA

Eronning Guliston viloyatidagi ko‘mir shaxtasida yuz bergan portlash oqibatida kamida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Tasnim axborot agentligiga viloyat ma'muriyati vakili Ramazon Bahromiy ma'lum qildi. 

"Bir necha daqiqa oldin shaxtadan halok bo‘lganlar jasadlari chiqarib olindi. Tashqariga 21 jasad olib chiqildi", deb aytdi Bahromiy va ayni vaqtda so‘nggi ma'lumotlar shunday ekanligini qo‘shimcha qildi.

Portlash 3 may kunduzi viloyatning shimolidagi Ozodshahr yaqinidagi "Zamastoniy Yurt" shaxtasida yuz bergan. 1,8 ming metr chuqurlikda 40 nafardan 50 nafargacha konchi qolib ketgan. Voqea joyida Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bo‘linmalari va vayronalar ostida odamlarni izlashga o‘rgatilgan itlarga ega kinologlar ishtirokida qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashga metan gazi miqdorining mumkin bo‘lgan me'yordan ortib ketganligi sabab bo‘lgan. Sirtda bo‘lgan 29 kishi turli jarohatlar olganlar. Ular Ozodshahrdagi shifoxonalarga yetkazilganlar. Avvalroq Reuters axborot agentligi 69 kishi jarohat olganini ma'lum qilgan. 

 

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid