Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook videoxabarlarni monitoring qilish uchun 3 ming ishchi yollaydi
Foto: Thetechportal
Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘z joniga qasd qilish va qotilliklar videolari joylashtirilishi bilan bog‘liq bir nechta mojaroli voqealardan keyin foydalanuvchilar kontentini ko‘zdan kechirish uchun 3 ming nafar yangi ishchini ishga olishni rejalashtirmoqda.
Kompaniyaning bosh ijrochi direktori va hamta'sischisi Mark Tsukerbergning aytishicha, yangi ishchilar Facebook beshafqat videolar borasidagi har hafta oladigan millionlab shikoyatlarni tahlil qilishadi.
Kompaniyada hozirda 4,5 ming kishi ishlaydi.
"Agar biz xavfsiz jamiyat qurishni istasak, unda tezroq munosabat bildirishimiz kerak", deb aytdi Tsukerberg.
Tsukerbergning bu bayonoti Klivlenddagi qotillik videosi bilan bog‘liq voqeadan bir necha hafta o‘tgandan keyin paydo bo‘ldi. Ushbu video o‘chirib tashlanishidan avval ijtimoiy tarmoqda bir necha soat davomida turgan.
Bundan ko‘p o‘tmay tailandlik erkak o‘z sahifasida qizining o‘ldirilishi videosini joylashtirgandi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.01.2026
Fransiya 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
20:34 / 16.01.2026
Avstraliya ijtimoiy tarmoqlarda bolalar davrini to‘xtatdi: qariyb 5 million akkaunt cheklandi
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025