Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning sobiq prezidenti AQShni IShIDni yaratishda aybladi
IShID terrorchilik tashkiloti AQSh tomondan yaratilgan va uning quroli hisoblanadi. Vashington nomiga bunday ayblovlar bilan Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay chiqdi.
Karzay AQShning Fox News telekanaliga bergan intervyusida IShID mintaqada u yerda AQSh harbiylari bo‘lganda vujudga kelganiga e'tibor qaratdi.
Bundan tashqari, Karzayning fikricha, AQSh terrorchilar tomondan Afg‘oniston va Pokiston chegarasida nazorat qilinuvchi hududlarga yuklar tashlab, ularni moliyalashtiradi.
Karzay AQShning yaqinda Afg‘onistondagi terrorchilar tunnellariga o‘ta kuchli bomba bilan zarba berganini ham tanqid qildi. Uning aytishicha, zarba berilishidan avval terrorchilar o‘z pozitsiyalarini tark etib bo‘lganlar. Bu esa ular hujumdan ogohlantirilgan bo‘lishlari mumkinligidan darak beradi.
"IShID u yerdan ko‘pchilik odamlarini olib chiqib ketgan, barchasi oldindan muvofiqlashtirilgan bo‘lgan", deb ta'kidlab o‘tdi Karzay.
Afg‘onistonning birinchi demokratik saylangan prezidenti deb ataladigan va AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bush ma'muriyati tomondan qo‘llab-quvvatlangan Karzay endilikda AQShni keskin tanqid qilib keladi. Uning fikricha, AQSh Afg‘onistondan o‘zining "harbiy o‘yinchoqlarini" sinash poligoni sifatida foydalanadi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026