Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Olma" qurilmalar o‘rniga Bananafonlar...
iPhone 8'ga pul yig‘ishni bas qiling, chunki endi siz Bananafon sotib olishingiz mumkin - agar "olma" aksessuarlari sizning joningizga tekkan bo‘lsa, "bananli"sidan xarid qiling. Hi-Tech yangi qurilma haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Aniq qilib aytadigan bo‘lsak, Bananafon - to‘laqonli telefon emas. Bluetooth'li "banan" smartfoningizga ulanib, asosiy qurilmangizdan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish imkonini beradi. Shunday ekan, hozircha iPhone'ni tashlashga shoshilmang.
Yana bir qiziq jihati: Bananafon haqida qo‘shiq ham bor.
Bananafon narxi - 40 dollar. U muloqot rejimida 10 soatgacha ishlay oladi, uning korpusida esa bir necha tugma mavjud, masalan, qo‘ng‘iroqqa javob berish va boshqa funksiyalarni bajarish uchun. Shuningdek aksessuar Siri va boshqa ovozli yordamchilarni faollashtirishi mumkin.
"Bananli telefonlar" ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, qurilmaning asosiy vazifasi - "insonlar yuzidagi tabassum va qiziqarli suhbatlar".
Telefon sotuvidan olingan daromadining bir foizi «Gearing Up» - gorillalar populyatsiyasini saqlab qolish ustida ish olib boruvchi notijorat tashkilotga kelib tushadi.
Bananli telefonlarni yetkazib berish butun dunyo bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
10:06 / 25.04.2026
Dunyo bo‘ylab maktablarda telefon cheklovlari keskin oshdi
16:23 / 15.11.2025
Onaning telefondan ko‘p foydalanishi bolaga qanday ta’sir qiladi?
10:41 / 14.11.2025
1,3 mln dollarlik eksport: O‘zbekiston telefonlari 5 ta mamlakat bozoriga chiqdi
11:09 / 11.11.2025