Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoga mashhur rejissyorlardan biri kinodan ketishi haqida ma'lum qildi
Foto: Frederick M. Brown / Getty Images
Jahonga mashhur rejissyor Devid Linch zamonaviy kinosanoatdan hafsalasi pir bo‘lgani va 2006 yilda chiqqan to‘liq metrajli filmi – “Ichki imperiya” eng so‘nggi asari bo‘lib qolishini ma'lum qildi. Bu haqda The Sydney Morning Herald xabar bermoqda.
«Hammasi juda o‘zgarib ketdi. Aksariyat yaxshi filmlar prokatda o‘zini oqlayotgani yo‘q, men suratga olishni istamagan narsalar esa aksincha muvaffaqiyat qozonmoqda», - degan Linch.
Shu bilan birga, Linch rejissyor sifatida «Tvin Piks» serialining yangi mavsumini suratga oldi, u 25 yillik tanaffusdan so‘ng yana katta ekranlarga qaytadi. Loyiha yangi qismlari premerasi Kann festivalida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Devid Linch nomzodi to‘rt marta «Oskar» mukofotiga qo‘yilgan, 1990 yilda esa u Kann festivali g‘olibi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:08 / 17.01.2025
Amerikalik rejissyor Devid Linch vafot etdi
18:47 / 04.12.2024
Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi
18:00 / 21.06.2021
“U butun umr teatr deb yashadi, yondi, kuydi” - rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev hayotiga nazar
17:15 / 12.11.2020