Jahon | 21:21 / 05.05.2017
18465
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenkoning o‘g‘li Russia yozuvi tushirilgan futbolka tufayli tanqidga uchradi

Petro Poroshenkoning kenja o‘g‘li Mixailning Russia so‘ziga o‘xshash yozuv tushirilgan kiyimda namoyon bo‘lgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligini taajjublantirdi. "Vesti"da shu haqida xabar berildi

Xususan, jurnalist Levko Stek bunga e'tibor qaratdi. U Bosco kompaniyasining saytida ham xuddi shunday maykani topishga muvaffaq bo‘ldi, u Sochidagi Olimpiada sharafiga ishlab chiqarilgandi. 

Ba'zi foydalanuvchilar unda U harfi yo‘qligiga diqqat qilishdi va bu RSSIA - Rossiya yozgi institutsional tahlil maktabining maxsus futbolkasi ekanini taxmin qilishdi. 

"Ukrainskaya pravda" Mixail Poroshenkoning do‘sti Sergey Kizeyevning Bosco reglanida aks ettirilgan suratini chop etdi - ehtimol, Ukraina prezidentining o‘g‘li do‘stining futbolkasini kiyib suratga tushgandir. 

Ba'zi foydalanuvchilar esa surat Photoshop'da ishlangan bo‘lishi mumkinligini aytishdi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid