Jamiyat | 16:51 / 06.05.2017
10464
2 daqiqa o‘qiladi

Qo‘qonda 19 yoshli telefon “ishqibozi” ushlandi

Foto: bnews.kz

Qo‘qon shahar IIBga 2017 yil 23 aprel kuni, Buvayda tumani Qo‘rg‘onobod qishlog‘i Sevinch ko‘chasi 33-uyda yashovchi, uy bekasi, 1992 yilda tug‘ilgan Sohibova Zahro Anvarjon qizi ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati.

U o‘sha kuni soat 18:30 larda, Qo‘qon shahar Navbahor ko‘chasida joylashgan “Buyuk Ipak Yo‘li” savdo kompleksida bozor qilib yurgan vaqtida, noma'lum shaxslar, qo‘lidagi sumkasi, ichidagi narxi 330 AQSh dollarlik “Samsung-A 5“ rusumli va narxi 500.000 so‘mlik “Samsung-Duos“ rusumli uyali telefonlarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilgan.

IIB TB tomonidan 2017 yil 23 aprel kuni noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

2017 yil 27 aprel kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir davomida, ushbu jinoyatni Qo‘qon shahar Muqimiy shaharchasi 50-uy 26-xonada yashovchi yollanma ishchi, 1998-yilda tug‘ilgan Yoqubov Nosir Nozim o‘g‘li sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan. 

Mavzuga oid