Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda so‘nggi uch kunda beshinchi zilzila
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2017 yilning 6 may kuni soat 12:15 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgan.
Zilzilaning epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo‘nalishida 318 km uzoqlikda Qirg‘iziston Respublikasi hududiga to‘g‘ri keldi.
Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi 5,0 ballni tashkil etdi.
Respublika hududida seysmik faollik Toshkentda 2 ball, Farg‘onada 3 ball, Andijonda 3 ball, Namanganda 3 ballni tashkil etgan.
Qayd etish kerakki, bu keyingi to‘rt kunda O‘zbekistonda kuzatilgan beshinchi zilzila bo‘ldi.
5 may kuni Toshkentda soat 10:12da kuzatilgan yer silkinishi kuchi taxminan 4 ball bo‘lgan bo‘lsa, 3 may kuni soat 09:47 da O‘zbekistonning ayrim hududlarida zilzila qayd etilgandi. Shuningdek, 4 mayga o‘tar kechasi soat 1:03 da va 4 may kuni soat 16:10 da 2 balli yerosti silkinishlari qayd etildi.
Mavzuga oid
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026
Botanika bog‘i hududida velosiped va samokatlar harakatlanishi taqiqlandi
16:48 / 31.03.2026