Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyaga joriy yildagi eng kuchli qum bo‘roni yopirildi
Foto: Global Look Press
Janubiy Koreyaga joriy yildagi eng kuchli qum bo‘roni yopirildi. Bu haqda Ryonxap agentligi xabar bergan.
Havoda RM-10 mikrozarralari hajmi belgilangan me'yordan 10 barobarga oshib ketdi va rekord darajaga yetdi. Janubiy Koreya atrof-muhitni tadqiq qilish Milliy instituti ma'lumotiga ko‘ra, havodagi mikrozarralar belgilangan ko‘rsatkichdan ortiq ekani haqidagi ogohlantirish 12 ta shaharda tarqatilgan. Aholiga ko‘chaga chiqamaslik, chiqqan taqdirda ham himoya niqoblarini kiyish tavsiya etildi.
Poytaxt Seulda havoda RM-10 qattiq zarrachalari zichligi bir kub metrga 265 mikrogrammni tashkil etgan. Bir kub metrga 150 mikrogramm ko‘rsatkichida kuzatuv rejimi, 300 milligrammda esa – xavf haqida ogohlantirish e'lon qilinadi.
Seuldan 40 kilometr g‘arbda RM-zarralarining eng baland darajasi qayd etilgan – bir kub metrga 650 mikrogrammgacha.
Mavzuga oid
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026
«Rasm sifati yaxshi, to‘g‘rimi?» - Li Xitoy bilan munosabatlarni tiklashga urinmoqda
15:01 / 29.12.2025