Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Kim Chen Inga mustahkam sog‘liq tiladi
Suriya prezidenti Bashar Asad KXDR rahbari Kim Chen Inga javob maktubini yo‘lladi. Bu haqda Markaziy Telegraf agentligi xabar tarqatgan.
O‘z maktubida Bashar Asad Kim Chen Inga muqaddam yo‘llangan tabrigi uchun minnatdorlik bildirgan. Shimol koreyslari rahbari Asadni «Baas» arab sotsialistik partiyasi mintaqaviy kotibi etib qayta saylangani munosabati bilan tabriklagandi.
Shuningdek, Asad KXDR yetakchisiga mustahkam sog‘liq va baxt tilagan.
KXDRdagilar Suriyani qo‘llab-quvvatlashda davom etishi va mamlakat ichkarisidagi vaziyat faqat muloqot yo‘li bilan hal etilishi lozimligi qayd etilgan.
Mart oyida ham Kim Chen In Suriya prezidentini Suriya inqilobi bayrami bilan tabriklab maktub yozgandi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026