Sport | 18:50 / 07.05.2017
14972
1 daqiqa o‘qiladi

Sakkizinchisi. Shahram G‘iyosovda ham g‘alaba

Foto: Kun.uz

Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatining finalida jang qilgan sakkizinchi o‘zbekistonlik sportchi sakkizinchi oltin medal egasiga aylandi.

69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqaning finaliga qadar yetib kelgan Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik raqibi Abilayxan Jussupovni ochkolar hisobi mag‘lub etdi va O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga sakkizinchi oltin medalni keltirdi.

Osiyo chempionatining 10ta vazn toifasidagi janglarida 8ta oltin medalni qo‘lga kiritish O‘zbekiston terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi. Endi oldinda terma jamoaning +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolovning qozog‘istonlik Kamishbek Konkabayevga qarshi janggi qoldi. Bu sportchilar soat 19:15da ringga ko‘tarilishadi.

Mavzuga oid