Sport | 12:25 / 07.05.2017
8949
1 daqiqa o‘qiladi

Saul Alvares Chavesdan ustun keldi

Foto: Reuters

Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha -72,6 kilogramm vazn toifasida jahon chempioni, meksikalik bokschi Saul Alvares o‘z vatandoshi Xulio Sezar Chaves-kichkinani mag‘lubiyatga uchratdi.

74,5 kilogramm vazn toifasidagi ushbu jang Las-Vegasda bo‘lib o‘tib hakamlar g‘alabani bir ovozdan Alvaresga berishdi (120:108). 

26 yoshli Alvares bu jang uchun 5 million dollar ishlab oldi, 31 yoshli Chavesning ulushi — 3 million.

Alvaresning ko‘rsatkichi endi 49 g‘alaba (34 nokaut), bir mag‘lubiyat (2013 yilda Floyd Meyuezerdan) va bir durang. Chaves o‘z faoliyatida 50 jangni g‘alaba bilan yakunlagan (32 nokaut), 3 marta mag‘lub bo‘lgan va bir jangda durang qayd etilgan.

Endi Alvares shu yilning kuzida qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid