Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saul Alvares o‘zida uchta chempionlik kamarini birlashtirdi
Meksikalik bokschi Saul Alvares Las-Vegasda o‘tgan 12 raundlik boks jangida amerikalik Deniyel Jyeykobsni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi.
Alvares ushbu jangda WBA va WBC kamarlarini himoyalagan va Jyeykobsdan IBF kamarini tortib olgan. U shu tariqa uchta chempionlik kamarini o‘zida mujassamlashtirdi.
Saul WBA va WBC chempionlik kamarlarini 2018 yil sentyabrda qozog‘istonlik yengilmas bokschi Gennadiy Golovkin ustidan g‘alaba qozonib qo‘lga kiritgandi.
Meksikalik bokschining hisobida 52 ta g‘alaba, bitta mag‘lubiyat va 2 ta durang jang bor. Bu jang uning DAZN striming xizmati bilan 365 mln dollarlik shartnomasi bo‘yicha 2-jangi bo‘ldi.
Shartnomaga ko‘ra bokschi 2023 yilgacha 11 ta jang o‘tkazishi kerak. Ushbu shartnoma bo‘yicha debyut jangda Alvares 2018 yil dekabrda britaniyalik Rokki Fildingni texnik nokaut bilan mag‘lub etgan.
Mavzuga oid
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026
Bektemir Meliqo‘ziyev raqibini texnik nokautga uchratdi
09:37 / 25.01.2026