Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barak Obama Kongressni "siyosiy jasorat" ko‘rsatishga chaqirdi
Foto: Theatlantic.com
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama lavozimini tark etganidan so‘ng birinchi marta o‘zining sog‘liqni saqlash islohotini himoya qildi. The Wall Street Journal shu haqidagi ma'lumot bilan bo‘lishdi.
Sobiq prezident kongressmenlarni "siyosiy jasorat" ko‘rsatib, sog‘liqni saqlashga doir qonunni bekor qilmaslikka chaqirdi. Obama Bostondagi Jon Kennedi nomli prezident kutubxonasida chiqish qilar ekan, 2010 yilda Obamacare'ni qo‘llab-quvvatlagan demokratlar bu qadam ularning kongressdagi o‘rni va ehtimol, siyosiy karerasidan mahrum qilishi mumkinligini yaxshi bilishganini ta'kidladi.
"Demokratlar jasorat ko‘rsatishdi... Ularning aksariyati haqiqatdan ham o‘z o‘rnini yo‘qotdi, biroq prezident Kennedi o‘z kitobida kongressdagi jasorat sifatida belgilagan tamoyilga sodiq qoldi", - dedi Obama.
Barak Obamaning sog‘liqni saqlash islohoti uning prezidentlik davridagi eng asosiy yutug‘i hisoblanadi. Prezidentlik saylovlaridan keyin qonunchilik organidagi ko‘plab o‘rinlar respublikachilar tomonidan egallandi.
Ta'kidlash joizki, Obamacare'ni bekor qilish AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning saylov oldi va'dalaridan biri edi.
Mavzuga oid
20:46 / 10.08.2025
Trampga tegishli ijtimoiy tarmoq chat-boti Obamani AQShning eng yaxshi prezidenti deb atadi
07:29 / 25.07.2025
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi
14:23 / 21.07.2025
AQSh Milliy razvedkasi direktori Obamani Trampga qarshi fitnada aybladi
09:59 / 07.11.2024