Jahon | 15:59 / 08.05.2017
3459
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda shaxtadagi avariya tufayli 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: Zuma / Global Look Press

Xitoyning Xuanfentsyao posyolkasidagi shaxtada ro‘y bergan avariya tufayli 18 kishi halok bo‘lgan. Fojia sababi zaharli gaz sizib chiqishi ekani aytilgan.

Avariya ro‘y bergan vaqtda kon ichida 55 kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar 37 kishi qutqarilgani haqida ma'lum qilishgan, ular shifoxonaga yotqizilgan.

Politsiya ayni vaqtda ushbu hodisa bo‘yicha tekshiruv boshlagan. Ular mas'ul shaxslarni tergov qilishmoqchi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid