Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘rgazmada qoldirib ketilgan ananas san'at asari deb qabul qilindi
Shotlandiyaning Aberdin shahrida o‘tayotgan zamonaviy san'at ko‘rgazmasi tashkilotchilari tashrif buyuruvchilar tomonidan qoldirib ketilgan ananasni eksponat deb o‘ylab, uning ustidan oynavand vitrina qo‘yishdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Robert Gordon nomidagi universitetning 22 yoshli talabasi Ruiari Grey do‘stlari bilan ko‘rgazmaga kelgan odamlar ustidan hazil qilib, bo‘sh stol ustiga ananasni qo‘yib ketgan. Ular bir necha kundan so‘ng yana ko‘rgazmaga kelib, ananas vitrinaga joylab qo‘yilganini ko‘rishgan. "Men ananas stolda qancha uzoq qolishi va odamlar uni san'at deb qabul qilish-qilmasliklarini tekshirmoqchi bo‘lgandim", deb aytgan prankerning o‘zi nashrga.
Greyning do‘stlaridan biri o‘zining tvitter-akkauntida vitrinaga joylangan ananas suratini chop etgan va unga "O‘tgan haftada biz ananasni displey yonida qoldirib ketgandik, bugun esa u vitrinaga joylab qo‘yilganini ko‘rdik. Ajoyib", deb izoh qoldirgan.
O‘tgan yil may oyida ikki amerikalik pranker zamonaviy san'at ko‘rgazmasi o‘tayotgan muzey polida ko‘zoynak tashlab ketishgan va u tashrif buyuruvchilar tomondan san'at asari sifatida qabul qilingan.
Mavzuga oid
12:14 / 21.03.2026
Shotlandiyada atom suvosti kemalari bazasi yaqinida ikki kishi qo‘lga olindi
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
18:37 / 30.01.2026
O‘zbekiston Xitoydan mandarin va ananas importini vaqtincha taqiqladi
07:58 / 18.12.2025