Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Le Pen Makronni prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi bilan tabrikladi
"Milliy front" yetakchisi Marin Le Pen Fransiya prezidenti saylovlaridagi raqibi, "Olg‘a" harakati yetakchisi Emmanuel Makronni saylovlardagi g‘alaba bilan qutladi hamda o‘ziga ovoz bergan barchaga minnatdorchilik bildirdi.
"Frantsuzlar yangi prezidentni saylashdi, avvalgi yo‘nalishning davom etishi uchun ovoz berishdi. Men janob Makronga saylangani bilan tabriklash uchun qo‘ng‘iroq qildim. Menga o‘z ovozini bergan va ishonch bildirgan 11 million fransuzga, meni butun prezidentlik kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatlagan va hamrohlik qilgan barcha tarafdorlarimga minnatdorchilik bildiraman.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Makron 65,82 foiz ovoz bilan g‘alaba qildi, Le Pen esa 34,18 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
14:45 / 14.01.2026
Le Pen apellyatsiyasi: prezidentlik saylovi masalasi sudda hal bo‘ladi
14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi
07:54 / 02.04.2025