Isroil TIV Erdo‘g‘anning bayonotidan so‘ng turk elchisini chaqirtirdi
Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiya elchisi Kamol O‘kemni mamlakat prezidenti Toyyib Erdo‘g‘anning Isroil haqidagi bayonotlari sabab chaqirtirdi. Bu haqda Jerusalem Post gazetasi xabar berdi.
Kuni kecha Erdo‘g‘an musulmonlarni Quddusdagi “Al-Aqsa masjidiga ko‘proq tashrif buyurishga” chaqirdi, sababi “Isroil bosib olgan Quddusning har bir kuni ular uchun “haqoratlidir”. U shuningdek Isroilning musulmonlar azon aytishiga taqiq qo‘yishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ham tanqid qildi.
"O‘z davlatida inson huquqlarini tizimli tarzda buzadiganlar, mintaqada yagona demokratiya o‘rnatish haqida o‘rgatishmasa ham bo‘ladi", - deya Isroil TIV vakili Emmanuel Nachsonning so‘zlarini keltiradi nashr.
Ma'lumot uchun, Turkiya va Isroil qachonlardir strategik sheriklar bo‘lgan, biroq keyinchalik Anqarada hukumat tepasiga yangi siyosatchilar kelgach, munosabatlar sovuqlashib ketdi.
Mavzuga oid
20:27
Isroilda razvedka ma’lumotlarining sizib chiqishiga aloqadorlar ushlandi. Ular orasida Netanyahuning yordamchisi ham bor
15:30
AQSh 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilga 17,9 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi
08:56 / 01.11.2024
BMT bosh kotibi Isroilning UNRWA ishini taqiqlash qaroridan chuqur xavotirda
09:20 / 31.10.2024