Jahon | 21:59 / 09.05.2017
4528
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlaridagi davomat 77,2 foizni tashkil qildi

Foto: REUTERS / Kim Kyung-hoon

9 may kuni Janubiy Koreyada prezidentlik saylovlaridagi ovoz berishda 77,2 foiz saylovchi ishtirok etdi. Davomat avvalgi prezidentlik saylovlaridan 1,4 foizga yuqoriroq bo‘ldi, deb ma'lum qildi mamlakat Markaziy saylov komissiyasi. 

Saylov uchastkalari yopilgandan keyingi ekzit-poll ma'lumotlariga ko‘ra, g‘alabaga demokrat Mun Je In erishgan. Unga 41,1 foiz saylovchilar ovoz berganlar. Ozod Koreya konservativ partiyasi vakili Xon Jun Pxyoni 23,3 foiz saylovchilar, Xalq partiyasi nomzodi An Chxol Suni 21,8 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlaganlar.                       

Butun mamlakat bo‘ylab 13 ming 964 ta saylov uchastkasi faoliyat yuritgan, ularda hammasi bo‘lib 42 mln 479 ming 710 saylovchi ovoz berishi mumkin bo‘lgan. Ovoz berish soat 20.00da yakunlangan.

Janubiy Koreyaning yangi prezidenti markaziy saylov komissiyasi u saylanganini tasdiqlashi bilan 10 mayda lavozimini bajarishga kirishadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid