Peskov: Lavrov Trampga Putinning maktubini yetkazdi
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh prezidenti Donald Trampga Vladimir Putindan noma olib borgan. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Albatta», deya javob qaytargan u jurnalistning shu haqdagi savoliga.
Amerikaliklar rahbari va Rossiya Tashqi ishlar vaziri 10 may kuni uchrashgandi.
Peskovning qayd etishicha, «Lavrovning safari ikki mamlakat rahbarlarining telefon muloqotlari davomi» bo‘ldi.
Putinning yordamchisining qayd etishicha, Tramp javob xatini yo‘llamagan.
Lavrov uchrashuvdan keyin prezident bilan Ostonada bo‘lib o‘tadigan Suriya muzokaralarining keyingi bosqichi istiqbollarini hamda Suriyada mojarosiz hududlar tashkil qilish haqida fikr almashgani haqida ma'lum qildi.
Uchrashuvda shuningdek Falastin-Isroil masalasi, Afg‘onistondagi vaziyat va Ukraina mojarosini hal qilishda Minsk shartnomasiga amal qilish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Lavrov Putin va Tramp Germaniyada bo‘lib o‘tadigan «Katta yigirmatalik» sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgani haqida ma'lumot berdi.
Mavzuga oid
19:38 / 01.11.2024
Ukrainani qo‘llash yoki sotqinlik - AQShdagi saylovlardan nima kutish mumkin?
14:54 / 01.11.2024
Tramp uni Rossiyaning do‘sti deydiganlarni «xasta» deb atadi
14:01 / 31.10.2024
«Bu Kamala va Bayden sharafiga». Tramp chiqindi tashuvchi mashinaga minib oldi
21:25 / 30.10.2024