Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin xokkey uchrashuvida 6 ta shayba muallifiga aylandi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sochidagi "Bolshoy" Olimpiya sport saroyi muz arenasiga chiqib, Tungi xokkey ligasi uchrashuvida ishtirok etdi. Putin uchrashuvda raqib darvozasiga 6 ta shayba urishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvni Rossiya madhiyasini ijro etish bilan qo‘shiqchi Yuliya Samoylova ochib berdi. Putin uchrashuv boshlanishiga hushtak chalinishidan oldin havaskor jamoalar o‘rtasida xokkey bo‘yicha VI Umumrossiya festivali g‘olibi bo‘lgan "Stalker" klubiga muz arenasi qurish uchun sertifikat topshirdi.
"Men bugungi voqea bilan hammangizni tabriklamoqchiman, biz bunday 6-uchrashuvni o‘tkazmoqdamiz. Barchangizga hamda tomoshabinlarga xokkeyni sevuvchi barcha zavqlanadigan yoqimli daqiqalar o‘tkazishni tilab qolaman. Bugun biz musobaqalashamiz, biroq bu do‘stona bahsdir, sport va xokkeyga bag‘ishlangan festivaldir", deb aytgan Putin.
Putin Pavel Bure va Valeriy Kamenskiy uchligida o‘ynadi.
Ta'kidlash joizki, Putinning "Xokkey afsonalari" jamoasida u bilan birga mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Olimpiya chempionlari bo‘lgan nomdor xokkeychilar Vyacheslav Fetisov, Aleksey Kasatonov, Valeriy Kamenskiy, Pavel Bure va boshqalar o‘ynashdi. Jamoa darvozasini Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin himoya qilgan. Putin an'anaga ko‘ra 11-raqam ostidagi qizil sviterda bo‘lgan.
Putin jamoasi Tungi xokkey ligasi jamoasini 17:6 (6:1, 7:2, 4:3) hisobida mag‘lub eta oldi. Putin 1-bo‘limda bitta shayba va uchta uzatma, 2-bo‘limda 2 ta shayba va bitta uzatma hamda 3-bo‘limda 3 ta shayba muallifiga aylandi.
Putin TXLning 2012 yildagi birinchi gala-uchrashuvida ham ishtirok etgan va shundan beri bunday uchrashuvlarni qoldirmay keladi.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025