Light | 21:08 / 12.05.2017
16339
2 daqiqa o‘qiladi

Tuxumlarni muzlatgichning qaysi joyida saqlagan ma'qul?

Foto:dailymail.co.uk

Britaniya ekspertlari tuxum muzlatgichning aynan qaysi joyida yaxshi saqlanishi to‘g‘risida ma'lumot berishdi. Daily Mail shu haqdagi xabari bilan bo‘lishdi.

Ularning fikricha, muzlatgich eshiklari - tuxumlarni saqlash uchun eng nomunosib joy. Ularni muzlatgichning doimiy muqobil harorat bo‘ladigan o‘rta qatorida saqlash maqsadga muvofiqdir. Manbada ta'kidlanishicha, bu masala muhokamasi dastlab turli munozaralarni keltirib chiqargan, biroq oxir-oqibat ekspertlar bu borada bir qarorga kelishgan.

Good Housekeeping jurnali mutaxassislari fikricha, tuxumlarni muzlatgichning o‘rta qatorida original qadoqlarda saqlagan ma'qul. 

Qandolatchilarning fikricha esa, tuxumlarning  muzlatgich eshigida saqlanishiga yo‘l qo‘yish kerak emas. Muzlatgich eshigini hadeb ochib-yopish tuxum oqsiliga ta'sir qilishi, boshqa mahsulotlar hidining tuxumga o‘tishiga olib kelishi mumkin.

Britaniyaning Tuxumlar haqidagi axborotlar sayti (The British Egg Information Service) uy bekalariga tuxumlarni qutilarda, 20 darajadan past bo‘lgan haroratda hamda o‘tkir hidli mahsulotlardan uzoqroq saqlashni tavsiya qiladi. Tuxumlarni past haroratda saqlash boshqa jihatlar bilan bir qatorda salmonellez qo‘zg‘atuvchisining ko‘payish xavfini yo‘q qiladi. 

Mavzuga oid