Jahon | 19:22 / 14.05.2017
5170
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko ikkinchi prezidentlik muddati haqida gapirishga ertaligini aytdi

Foto: RIA

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ikkinchi prezidentlik muddatiga nomzodini qo‘yish haqida gapirishga hali ertaligini aytdi.   

"Ikkinchi muddatga kelsak, Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, Ukrainaning 35 yoshga to‘lgan har bir fuqarosi, men 35 yoshga to‘lib bo‘lganman, prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin. O‘ylashimcha, bugun bizda prezident bo‘la oladigan nomzodlar haqida gapirishga hali erta", deb aytdi Poroshenko.

Shu bilan birga Poroshenko unda prezidentlik lavozimida yana ikki yil borligini va bu yillar ichida "yana ko‘plab ishlarni qilish kerakligini" qo‘shimcha qildi.

Mavzuga oid