Yerevan shahar kengashi uchun saylovlarda hukmron partiya g‘alaba qozondi
Armanistonning hukmron Respublikachilar partiyasi 14 may kuni Yerevan shahar kengashi uchun o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Ovoz byulletenlarini hisoblash natijalariga ko‘ra, partiya nomzodlari barcha 474 saylov uchastkasida 71,25 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Armaniston Markaziy saylov komissiyasi saytida shu haqda e'lon qilingan.
Saylovlarda mamlakatdagi 3ta siyosiy partiya ishtirok etgan: hukmron Respublikachilar partiyasi, "Yelk" bloki va "Yerkir tsirani" ("O‘rik mamlakati") partiyasi.
"Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ARP 71,25 foiz (240036 ovoz), "Yelk" bloki —21 foiz (70731), "Yerkir tsirani" partiyasi — 7,75 foiz (26109) ovoz to‘plagan", — deyiladi xabarda.
"Yerevan shahrida mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, Vakillar kengashi 65 kishidan iborat bo‘ladi. U 4 yillik muddatga saylanadi. Bu safargi saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 842 ming 147 kishidan 345 ming 226 saylovchi qatnashgan. Shunga ko‘ra, saylovchilar ishtiroki 40,99 foizni tashkil etdi.
Kengashga o‘tkazilgan saylov natijasida biror partiya 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plasa, ushbu partiya ro‘yxatini boshqargan nomzod Yerevan hokimi hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024