Jahon | 16:00 / 15.05.2017
13699
2 daqiqa o‘qiladi

Putin KXDRga tahdid qilish o‘rniga muzokaralar o‘tkazishga chaqirdi

Foto: RIA Novosti

Rossiya raketa va yadro sinovlarini qabul qilmaydi. Ammo, shu bilan birga, KXDRni qo‘rqitishni bas qilish va muzokaralar davrasini boshlash zarur, deb hisoblamoqda Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin.

"Har qanday holatda ham raketa, yadro sinovlarini qabul qilish mumkin, deb hisoblamaymiz. Koreya xalq demokratik respublikasi bilan muzokaralarga qaytish zarur. Uni qo‘rqitishni bas qilib, muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish usullarini topish kerak. Shunday qilish mumkinmi yoki yo‘q? Menimcha, mumkin", — degan Putin. 

Prezidentning yodga olishicha, KXDR bilan shunday muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha urinishlar bo‘lgan, o‘shanda Shimoliy Koreya o‘z dasturini to‘xtatganini e'lon qilgan, "biroq, afsuski, muzokaralar ishtirokchilarining sabri yetmadi".

"Ammo, o‘ylaymanki, bunga qaytish zarur", — deya ta'kidlagan Putin.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid