Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyalik mashhur arxitektor Toshkentga keldi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, bugun O‘zbekistonga xalqaro arxitektor Yan Geyl tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Dasturga ko‘ra, shahar jamoat maydonlarini loyihalashtirish va shahardagi muhitni yaxshilash masalalari bo‘yicha tan olingan ekspert Yan Geyl Toshkent shahri me'morchiligini ko‘zdan kechirishi va o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashishi, Simpoziumlar saroyida “Zamonaviy jahon me'morchiligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazishi belgilangan. Arxitektor shuningdek, Samarqandga tashrif buyurib, shahardagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishadi.
Yan Geylning 50 yillik tadqiqotlari natijasida mavjud shahar va hududlarda maftunkor, gavjum va aholi uchun sog‘lom jamoat hududini yaratish imkoniyati yuzaga kelgan. Professor Nyu-York, Kopengagen, Sidney, London, Melburn kabi yirik shaharlarning obodonchiligiga ko‘cha va jamoat joylarini loyihalashga qo‘shgan hissasi uchun ko‘plab mukofotlar sohibi bo‘lgan. Kopengagendagi Stryoget piyodalar ko‘chasi Geylning mehnati natijasi bo‘lib, Yevropadagi eng uzun savdo piyoda zonasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026
Toshkentdagi avtobuslarda bugundan boshlab konditsionerlar yoqilmoqda
22:02 / 06.05.2026