Jahon | 16:43 / 16.05.2017
6263
1 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda turar joy portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: RIA "Novosti"

Volgograddagi turar joylardan birida maishiy gaz portlashi qayd etildi. RF FVV bosh boshqarmasining TASSga xabar berishicha, portlash natijasida uyning bir pod'yezdi o‘pirilib tushgan. 

"Volgograddagi to‘rt qavatli uyda gaz xizmati xodimlari ishlayotgan paytda gaz portlashi ro‘y berdi", - deydi agentlik suhbatdoshi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 2 kishi halok bo‘lgan, 5 nafari jarohat olgan. 

Voqea joyida yong‘in-qutqaruv bo‘limi xodimlari ish olib borishmoqda, vayronalar ko‘zdan kechirilmoqda. Favqulodda vaziyatlar xodimlariga ko‘ra, taxminan 10 ta kvartira vayron bo‘lgan. 

Manbada keltirilishicha, portlashga ta'mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda gazning sizib chiqishi sabab bo‘lgan. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid