Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Makron ilk marta telefon orqali muloqot qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiyaning yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makron telefon orqali muloqot qilishdi. Bu haqda Kreml saytida ma'lum qilingan.
«Tomonlar kelgusida Minsk kelishuvi asosida Ukraina inqirozini bartaraf etishga qaratilgan normand to‘rtligi formatidagi muzokaralarni davom ettirish ahamiyati haqida suhbatlashishdi», — deb ma'lum qilishdi Kremlda.
Qayd etilishicha, tomonlar o‘zaro uchrashuv o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishgan.
14 may kuni Makron rasman Fransiya prezidentligiga kirishgandi. U inauguratsiya marosimi vaqtida YeI bilan islohotlar bo‘yicha muzokara qilishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026