O‘zbekiston | 12:44 / 18.05.2017
10921
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston neft va gaz sanoatini rivojlantirishga 30 milliard dollar yo‘naltiradi

Foto: AP

«O‘zbekneftegaz» MXK 2016-2020 yillarda uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturini amalga oshirmoqda. Uning doirasida qiymati 30,4 mlrd. dollar bo‘lgan 78 ta loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan, deb yozmoqda «O‘zbekiston neft va gaz jurnali».
 
Bu loyihalarni amalga oshirish hisobidan ishlab chiqarish hajmida tabiiy gazni chuqur qayta ishlash yo‘li orqali yuqori qo‘shilgan qiymat 5,8 barobarga oshadi, 15 ta yangi mahsulot turi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoni yaratiladi (ular orasida - polivinilxlorid, ABS-plastik, sintetik kauchuk,  superabsorbent, aromatik uglevodorodlar bor). Loyihalarni amalga oshirish 13 mingdan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish imkonini beradi.

Eng yirik loyihalar orasida «Mustaqillikning 25 yilligi» konini Surxondaryo viloyatida gazkimyo majmuasini qurish orqali qo‘shimcha tadqiq qilish, Sho‘rtan GKKda tozalangan metan asosida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish, Qashqadaryo viloyatida polietilen va polipropilen olish orqali tabiiy gazdan olefinlar ishlab chiqarishni tashkil etish, Jizzax viloyatida neftni qayta ishlovchi yangi zavodni qurish, Sho‘rtan GKK ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va boshqalar bor.

Xususan, Sho‘rtan GKK ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish loyihasi alohida e'tiborga loyiq, uni amalga oshirish istiqbolda texnologik klaster tashkil etishga yordam beradi. Uning realizatsiyasi neftkimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Birinchi bosqichda sintetik nafta, polietilen va polipropilenning yangi turlarini qayta ishlash, shuningdek piroliz distillyati ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan. Piroliz distillyatidan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati Qashqadaryo viloyatida texnologik klaster tashkil etish uchun asos bo‘ladi.

Ta'kidlanishicha, «O‘zbekneftegaz» MXK sarmoyaviy siyosati birinchi navbatda, neftgaz sanoatini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini yarimfabrikatlar va yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor eksportbop mahsulotga chuqur qayta ishlash, bu maqsadga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish imkonini beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid