Jahon | 07:39 / 18.05.2017
3273
1 daqiqa o‘qiladi

JARda noqonuniy oltin konidagi portlashdan keyin 29 kishi jasadi topildi

Foto: Flickr / andy_carter

Janubiy Afrika Respublikasi favqulodda xizmatlari o‘tgan hafta noqonuniy oltin konida yuz bergan portlashdan keyin vayronalar ostidan 29 kishi jasadini chiqarib olishdi, deb xabar bermoqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda mahalliy Times nashri.  

Portlash avval Harmony Gold kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Fri-Steyt viloyatidagi oltin konida yuz bergan. Kon o‘zlashtirib bo‘lingan deb hisoblanganiga qaramasdan, ularda noqonuniy ravishda oltin qazib olish davom etgan.

"Bugun 11 nafar noqonuniy oltin qidiruvchilar qo‘lga olindi. Ularning aytishicha, yer ostida hali ham jasadlar qolgan", deb aytgan politsiya vakili general-leytenant Lerato Molale.

Ma'lum qilinishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi Zimbabve, Mozambik va Lesotodan kelgan odamlarni tashkil qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid