Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada Suriyaning yangi konstitutsiyasi muhokama qilinmoqda
Jyenevada Suriyaga oid muzokaralarning VI raundi doirasida Nosir Al-Haririy rahbarligi ostidagi qurollangan muxolifat delegatsiyasi BMT bosh kotibining Suriya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura bilan uchrashdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida BMT vakili Suriyaning yangi konstitutsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha maxsus guruh tuzishga doir taklifini bildirdi.
Misturaning fikricha, uning raisligi ostidagi ishchi guruhga ziddiyat tomonlari vakillari kirishi kerak. Shu munosabat bilan u muxolifatga guruh faoliyatida ishtirok etish uchun nomzodlar taqdim etishni taklif qildi.
Bunga javoban delegatsiya ishchi guruh faoliyatini tashkillashtirishga oid takliflarini bildirdi.
Bir vaqtning o‘zida Bashar Asad rejimi tarafdorlari Suriya o‘tish hukumatini shakllantirish mavzusi muhokamasiga o‘tish taklifini ilgari surdi.
Suriyadagi urush 2011 yilning mart oyida boshlangan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlar davomida 400 mingdan ziyod kishi halok bo‘ldi, 10 milliondan ortig‘i o‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, 4,8 million kishi mamlakat tashqarisidan boshpana topgan.
Mavzuga oid
18:05 / 12.06.2026
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
15:48 / 10.06.2026
Jyenevada O‘zbekistonning bolalar mehnatiga qarshi kurashdagi yutuqlari yuqori baholandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026