Sport | 12:24 / 20.05.2017
25949
1 daqiqa o‘qiladi

Boks: Fazliddin G‘oibnazarov Nyu-Yorkda jang o‘tkazadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov 20 may kuni Nyu-York (AQSh)dagi Madison Square Garden arenasida «Krouford — Dias» shousi doirasida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasi matbuot xizmati xabar bergan.

2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarining g‘olibi 25 yoshli Fazliddin G‘oibnazarov (1−0−0, 1 nokaut) 26 yoshli amerikalik sportchi Agustin Maurasga (6−2−3, 3 nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. 

Kecha bokschilar tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov aprel oyida bo‘lib o‘tgan ilk jangida amerikalik Viktor Vaskesni ikkinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid