Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Liviya janubidagi aviabazaga uyushtirilgan qurolli hujumda 140 kishi qurbon bo‘ldi
Foto: Getty Images
Liviyaning Xalifa Xaftar Ahmad Al Mismariy qo‘mondonligidagi milliy armiya vakilining bayonot berishicha, mamlakatning janubidagi aviabazaga uyushtirilgan qurolli hujumda kamida 141 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA novosti xabar qilmoqda.
"Askarlar harbiy paraddan qaytishayotgani sababli qurolsiz edi. Ularning aksariyati halok bo‘lishdi", — deya vakil so‘zlarini keltiradi agentlik. Uning aytishicha, qurbonlar orasida, shuningdek, aviabazada ishlagan yoki yaqin orada bo‘lgan tinch aholi vakillari ham bor.
Avvalroq, Liviya Milliy birlik hukumati rahbari Fayoz As Saraj mazkur hujum uchun mudofaa vaziri Al Mahdiy Al Barg‘osiyni lavozimidan bo‘shatgan edi.
19 may kuni Milliy birlik hukumati bayonot berishicha, aviabazaga hujum qilishga buyruq bermagan. Tripolidagi vazirlar mahkamasining Prezidentlik kengashiga ko‘ra, mamlakat janubidagi ushbu hodisa "harbiy zo‘ravonlik bo‘lib, milliy yarashish jarayonini murakkablashtiradi".
Aytish joizki, hozirda Liviyada ikki hokimiyatchilik hukm surmoqda. Mamlakat sharqidagi Tobruk shahrida xalq tomonidan saylangan parlament faoliyat yuritsa, g‘arbdagi Tripolida BMT va Yevropa hukumatlari tomonidan tashkil etilgan Milliy birlik hukumati siyosat olib boradi.
Mamlakat sharqidagi hokimiyat Tripolidan mustaqil ravishda harakat qiladi va Xalifa Xaftar yetakchiligidagi milliy armiya bilan hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
13:34 / 04.02.2026
Liviyada Qazzofiyning o‘g‘li o‘ldirildi
08:45 / 24.12.2025
Turkiyada Liviya armiyasi bosh shtabi boshlig‘i aviahalokat qurboniga aylandi
12:23 / 01.07.2025
Liviya qirg‘oqlari yaqinida Vilamoura tankeri bortida portlash sodir bo‘ldi
13:56 / 17.05.2025