Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela prezidenti Trampdan "Venesueladan yo‘qolishni" talab qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh prezidenti Donald Trampni AQSh tomondan Venesuelaga nisbatan kiritilgan navbatdagi sanksiyalar tufayli keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Maduro jonli efirda nutq so‘zlayotib Trampga AQSh boshqalar ishiga aralashishni bas qilishini talab qilib murojaat qildi. "Uyingga ket, Donald Tramp. Venesueladan yo‘qol. Bu yerdan iflos qo‘llaringni tort", deb aytgan Maduro.
Avvalroq AQSh Venesuelaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatiga Venesuela oliy sudi raisi va yetti vakilini kiritgani ma'lum qilingandi. Trampning ta'kidlashicha, Vashington hamkorlari bilan Venesueladagi vaziyatni yaxshilaydi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
08:50 / 24.04.2026