Sport | 09:58 / 21.05.2017
23323
2 daqiqa o‘qiladi

IBF yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik uchun bahs janjal bilan tugadi

IBF yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik jangi yakunida mojaro ro‘y berdi.

Ushbu titul uchun venesuelalik Xose Uskategi va amerikalik Andre Dirrell ringga ko‘tarilgandi.

8-raund yakunida venesuelalik bokschi o‘z raqibini nokautga uchratdi. Ammo arbitr Xose Uskategi bong chalinganidan keyin zarba berilgan deb hisobladi va g‘alabani Dirrellga berdi.

Shundan so‘ng ringda mojaro yuzaga kelgan. Amerikalik bokschining sekundanti Uskategiga yaqinlashib kelgan va bokschi boshqa tomonga qarab turganida unga qo‘qqisdan musht tushira boshlagan. Kutilmagan zarbalardan gangib qolgan venesuelalik bokschi nokdaun holatiga tushgan, ammo u oyoqda tura olgan. 

Dirrelning sekundanti uning amakisi Leon Louson bo‘lib chiqqan. U voqea joyidan qochib ketgan va ayni vaqtda politsiya tomonidan qidirilmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid