Jahon | 13:10 / 22.05.2017
7946
2 daqiqa o‘qiladi

Duterte: Filippin AQShdan hech qachon yordam so‘ramaydi

Foto: AP

Filippin ko‘mak so‘raydigan davlatlar ro‘yxatidan AQSh olib tashlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rodrigo Duterte Rossiya OAVga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

"O‘z davlatim uchun hammasini qilmoqdaman. Prezident lavozimiga nomzodimni qo‘yganimda, o‘z or-nomusim, hayotimni ham shunga tikkanman. Mamlakatim muammolar girdobiga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymayman. Filippinlik to‘rt million inson giyohvand moddalarga qaramlikdan aziyat chekadi. Bu shunchaki raqam emas, shunchaki oddiy bir muammo emas. Bu muammo boshqa davlatlar, xususan Yevropa ittifoqi uchun hamdir. Shuning uchun ular bilan orada masofa bo‘lishga qaror qildim. Filippin va Xitoy o‘rtasida yangi do‘stlik, yangi hamkorlik yo‘llari uchun istiqbollar bor ekanini ko‘rmoqdaman, shuningdek, ASeAN va Yevropa davlatlari bilan ham shunday imkoniyat bor. Biroq AQShni men ko‘mak so‘raydigan davlatlar ro‘yxatidan atayin olib tashladim", - deya xabar berdi u. 

O‘tgan yilning may oyida Filippin prezidenti etib saylangan Duterte giyohvand kishilar hamda giyohvandlik moddalarini tarqatuvchilar bilan keng ko‘lamli kurash olib bormoqda. BMTning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, Duterte hukumat tepasiga kelganidan so‘ng mamlakatda giyohvand moddalar savdosiga aloqador bo‘lgan 6 mingdan ortiq kishi o‘ldirildi. Jahon hamjamiyati esa ushbu davlatda narkosavdo bilan kurashning bunday usulini bir necha bor qoraladi. 

Mavzuga oid