O‘zbekiston | 11:41 / 22.05.2017
39786
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent IIBBda otliq otryad tashkil etiladi

Foto: Flickr/metropolis_pcm

Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasida otliq otryad tashkil etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Farmonga ko‘ra, otliq otryad IIBB post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash Boshqarmasi post-patrul xizmati Brigadasi tuzilmasida tashkil etilmoqda.

Hujjatda aytilishicha, Toshkent IIBB yangi otryad uchun 50 bosh xizmat oti xarid qiladi.

Otliq otryad ochiq maydonda o‘tkaziluvchi ommaviy tadbirlar vaqtida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, yangi otryad vazifasiga Toshkent markaziy ko‘chalari, dam olish hududlari va aholi gavjum bo‘ladigan boshqa joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash ham kiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid