Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya sobiq prezidentiga yangi ayblovlar qo‘yildi
Foto: AP Photo, Andre Penner, File
Braziliya federal prokuraturasi mamlakat sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya va pullarni yuvish bo‘yicha yangi ayblovlar qo‘ydi. Bu haqda Globo telekanali xabar bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, navbatdagi surishtiruv Atibayya (San-Paulu shtati) aholi punktida joylashgan hashamatli uyga tegishli. Tergovchilar fikricha, ko‘chmas mulk sobiq prezidentga korrupsiya sxemasi doirasida berilgan bo‘lishi mumkin. Prokuratura talabiga ko‘ra, ayblov qo‘yish haqidagi yakuniy qaror sud tomonidan qabul qilinadi.
Ayni damda Lula da Silva korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan beshta jinoiy ishga aralashib qolgan. Braziliya qonunchiligiga ko‘ra, agarda sobiq prezident bu jarayonlarning hech bo‘lmasa birida aybdor, deb topilsa, saylov lavozimlariga da'vogarlik qilish huquqini yo‘qotadi.
Siyosatchining o‘zi barcha jinoiy ishlarni “siyosiy ta'qib”, deb atagan. Avvalroq u oliy davlat lavozimiga 2018 yilda da'vogarlik qilish niyatida ekanini ham ma'lum qilgandi. Datafolha ijtimoiy tadqiqot markazi so‘roviga ko‘ra, aprel oyi oxirlarida Lula da Silva uchun ovoz berish istagini saylovchilarning 29-31 foizi bildirgan – bu boshqa istalgan siyosatchidan ko‘p degani.
Mavzuga oid
08:10 / 13.07.2018
Venesuelaning sobiq yetakchisi Ugo Chaves o‘limining boshqa bir versiyasi ma'lum qilindi
08:47 / 16.10.2017
Ugo Chavesning ukasi va sotsialistlar Venesueladagi gubernatorlik saylovlarida g‘alaba qozondilar
07:52 / 06.05.2017
Venesuelada namoyishchilar Ugo Chavesning haykalini qo‘porib tashladilar
09:35 / 19.01.2017