Venesuelaning şaharlaridan birida namoyişçilar mamlakatning sobiq prezidenti  Ugo Çavesga qöyilgan haykalni qöporib taşladilar. Bu haqda El Nacional naşri xabar bermoqda. 

Naşr ma'lumotlariga köra, voqea Vilya-del-Rosario şahrida yuz bergan. 

Çaves 2013 yil martida 58 yoşida Karakasdagi harbiy gospitalda saraton kasalligidan vafot etgandi. U mamlakatni 1999 yildan to ölimigaça boşqargan.

Avvalroq Venesuela prokuraturasi bir oydan beri davom etayotgan namoyişlar davomida 35 kişi halok bölgani va 700 dan köproq odam jarohat olganini ma'lum qilgandi.