Venesuelani köp yillar davomida boşqarib kelgan marhum Ugo Çavesning ukasi Arxenis Çaves 15 oktabrda Venesuelada ötgan gubernatorlik saylovlarida Barinas ştatida ğolib böldi. Bu haqda mamlakatning milliy saylov kengaşi ma'lum qildi.
Venesuelaning Yagona sotsialistik partiyasi nomzodi bölgan Çaves 52,88 foiz ovoz töplagan. Saylovlar mamlakatning barça 23 ştatida ötgan. Ularda 17 ştatda sotsialistlar, 5 ta ştatda esa muxolifat ğalaba qozondi.
Muxolifat vakillari 2012 yilgi saylovlarga nisbatan öz natijalarini yaxşilay oldilar. "Demokratik birdamlik bloki" nomzodi Xuan Pablo Guanipa Suliya ştatini boşqaradigan böldi. Bu ştatga mamlakatda qazib olinadigan neftning 40 foizi töğri keladi.
Saylovlarda iştirok etiş uçun 18,5 mln saylovçi taklif qilingan. Davomat 61,14 foizni taşkil qilgan.
Marhum Ugo Çaves mamlakatni 1999 yildan 2013 yilgaça boşqargan. 2011 yil iyunida kubalik şifokorlar Çavesda saraton ösimtasi borligini aniqlaşgan. U Gavanada davolaş kursini ötgan, bir neçta operatsiyalarni boşdan keçirgan, biroq oğir kasallik öz sözini aytgan. "Qizil isyonçi" 2013 yil martda 59 yoşida Karakasda vafot etgan.
















