Hozirda quvğinlikda bölgan Venesuelaning sobiq boş prokurori Luisa Ortega Dias mamlakatning sobiq rahbari Ugo Çaves aslida 2013 yil martda emas, balki 2012 yil dekabrda vafot etganini ma'lum qildi.
Ayolning aytişiça, unga bu haqda öşa vaqtlarda mamlakat parlamenti rahbari lavozimini egallagan Diosdado Kabelo xabar qilgan. “Men 2012 yil 28 dekabrda mamlakat taşqarisida bölganimda, Diosdado qönğiroq qilib, “Qayta qol, Çaves öldi!” deb aytgan”, deb ma'lum qilgan Ortega Punto del Corte portaliga bergan intervyusida. Hozirda bu portal noma'lum sabablarga köra bloklangan, biroq intervyu matni internet orqali tarqaşga ulgurgan.
Orteganing aytişiça, u bu xabarni eşitgaç Venesuelaga qaytişga çipta xarid qilişga tuşib ketgan, biroq köp ötmay Kabelo unga qayta qönğiroq qilib, öz sözlarini inkor etgan va Çavesning hayotligini aytgan. Orteganing aytişiça, unga oxir natijada heç kim Çavesning ölimi haqidagi guvohnomani körsatmagan.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, Çaves 2013 yil martda 58 yoşida Karakasdagi gospitalda vafot etgan. Çaves umrining oxirigaça 2011 yil örtalarida unda aniqlangan onkologik kasallikka qarşi kuraşib kelgan. Çaves Karakasdagi inqilob muzeyi binosidagi marmar sarkofag ostiga dafn qilingan.

















