Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manchester janubida maxsus amaliyot o‘tkazilmoqda
Foto: BBC
Politsiyaning maxsus bo‘linmalari Manchester shahri janubidagi uylardan birida maxsus amaliyot o‘tkazdi. Bu haqda Manchester Evening News xabar tarqatdi.
Nashrning yozishicha, huquq-tartibot organlari xodimlari Felloufild tumanidagi uylardan biriga kirishdan avval portlash sodir etishgan.
Bundan oldingi xabarlarda stadiondagi terakt bo‘yicha tekshiruvlar doirasida 23 yoshli shaxs qo‘lga olingani haqida aytilgandi.
Mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Manchesterda terakt sodir etgan terrorchi shaxsi aniqlanganini ma'lum qilgan. Terrorchining ismi tergov manfaatlari yuzasidan hozircha oshkor qilinmadi.
Manchester politsiyasi Manchester Arena stadionida 22 may, dushanba kuni sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, stadiondagi portlash oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 59 kishi jarohatlangan. Bundan tashqari, bir necha bola bedarak yo‘qolgan.
Mavzuga oid
16:46
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026