O‘zbekiston | 19:11 / 23.05.2017
3653
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Ozarboyjon elchixonasi "Respublika kuni"ni nishonladi

2017 yil 19 may kuni Ozarboyjon elchixonasi Windham Tashkent mehmonxonasida "Respublika kuni"ni nishonladi. Mazkur tadbirga ko‘plab mehmonlar - davlat arboblari, diplomatlar, elchilar, madaniyat va jamoat tashkilotlari vakillari tashrif buyurdi. Ushbu marosimda, shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi. 

Ikki davlat madhiyasi yangraganidan so‘ng, Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchisi Guseyn Guliyev tantana munosabati bilan so‘zga chiqdi:

"Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar samarali, faol va jadal sur'atda rivojlanmoqda. Mustaqillikdan so‘ng, 26 yil davomida bu munosabatlarni strategik hamkorlik sifatida baholash mumkin. Biz O‘zbekistonning doimiy qo‘llab-quvvatlab kelishidan minnatdormiz. O‘z navbatida, biz ham O‘zbekistonni hamisha qo‘llab kelganmiz va bundan keyin ham barcha xalqaro tashkilotlarda qardosh birodarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz". 

Kun.uz muxbirining ushbu kechadan tayyorlagan fotoreportajini tomosha qilishingiz mumkin.

 

 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid