Tramp: Isroil bilan Falastin tinchlik borasidagi kelishuvga erishishga qodir
AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Falastin o‘n yillar mobaynida davom etib kelayotgan qon to‘kilishini to‘xtatishga imkon beruvchi kelishuvga erishishga qodir, deb hisoblaydi.
"Tinchlikka erishish oson bo‘lmaydi, ikki tomon ham qiyin qarorlarni qabul qilishiga to‘g‘ri keladi. Biroq isroilliklar va falastinliklar kelishuvga erishishga qodir", - dedi Tramp Qudsdagi Isroil muzeyida ikki mamlakatga tashrifi yakunlari bo‘yicha nutq so‘zlar ekan.
"Netanyaxu tinchlik tarafdori", - dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar ham "tichnlik sari qadam tashlash"ga tayyorlar.
Bundan tashqari, Tramp doim Isroil tomonda bo‘lishga va'da berdi va ikki mamlakat ittifoqi buzilmas ekanini tasdiqladi.
Donald Tramp dushanba kuni Saudiya Arabistonidan Isroilga keldi. U Qudsda Isroil prezidenti va bosh vaziri Reuven Rivlin hamda Binyamin Netanyaxu bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bugun ertalab u Iordan daryosi G‘arbiy qirg‘og‘idagi Baytlahmga bordi - u yerda Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan uchrashib, Qudsga qaytdi.
Bugun, 23 may kuni Tramp Isroildan Vatikanga parvoz qiladi.
Mavzuga oid
18:59 / 26.10.2024
Eron Isroil zarbalariga javob qaytarish huquqidan foydalanadi - TIV
12:55 / 26.10.2024
G‘azo hukumati: Isroil G‘azo shimolini bufer zonaga aylantirishga harakat qilmoqda
12:30 / 26.10.2024
Isroil: «Hizbulloh» harakati juda zaiflashdi
07:56 / 26.10.2024