O‘zbekiston | 09:13 / 23.05.2017
4709
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Belarus bosh prokuraturalari hamkorlik qiladi

22 may kuni O‘zbekiston va Belarus bosh prokuraturalari o‘rtasida hamkorlik haqidagi kelishuv imzolandi.

Hujjat Belarus bosh prokurori Aleksandr Konyuk boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida imzolandi.

Tashrif davomida Belarus delegatsiyasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasida muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar har ikki davlat prokuraturalarining jinoiy-huquqiy sohasidagi o‘zaro harakatlari masalasini muhokama qilishdi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha hamkorlik haqida kelishuv imzolandi.

O‘zbekiston va Belarus bosh prokuratulari hujjat doirasida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlash, jinoyatchilik, terrorizm, korrupsiya, qurol-yarog‘, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi, noqonuniy migratsiya, odam savdosi bilan kurashishda hamkorlik qiladi. Shuningdek, tomonlar tajriba va normativ huquqiy aktlar almashadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid