Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi aniqlanmoqda
Respublika bo‘ylab O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi, Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi va bir qator tashkilotlar hamkorligida ishchi, mutaxassislar, o‘quvchi yoshlarning kasbiy mahoratini oshirishga keng imkoniyat yaratish, ularning qobiliyatlilarini aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgan «Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi» tanlovi o‘tkazilmoqda.
Shunga asosan Sirdaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi faollar zalida «Eng yaxshi yosh ishchi kasb egasi» tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
«Tanlovga bo‘lgan qiziqish yoshlarimizda yuqori bo‘ldi. Quyi bosqichlardayoq ularning puxta hozirlik va katta mas'uliyat bilan yondashganliklari guvohi bo‘ldik. Munosib nomzodlarni tanlab olishda ularning sohadagi ish tajribasiga, erishgan yutuqlariga, jamoatchilik orasidagi obro‘-e'tiboriga, mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan hissasiga e'tibor qaratildi», - deydi viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi yoshlar kengashi raisi Hayitboy Namatov.
Tanlov qatnashchilari o‘z yo‘nalishlarida qiziqarli savol-javoblar bahsida munosib qatnashishdi. Shuningdek, faoliyati aks etgan ko‘rgazmalar yordamida o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi.
Tanlovda «Umumqurilish ishlari ustasi», «Qurilish-pardozlash ishlari ustasi», «Payvandlash ishlari texnigi», «Qishloq xo‘jalik mashina va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish», «Oshpaz», «Sartarosh va dekorativ kosmetika ustasi», «Milliy va badiiy liboslar modeleri», «Kompyuter injiniringi texnigi», «Dasturiy injiniring texnigi» kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Mavzuga oid
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024
Sirdaryoda 2 yoshli bog‘cha bolasi vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:00 / 07.09.2024
Sirdaryo, Navoiy va Toshkent viloyatida “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
08:10 / 06.09.2024